Namangandagi gaz zapravkasida «Labo» yonib ketdi

Bugun, 10 sentyabr kuni soat 17-22da Namangan shahar Yangi Namangan tumani Mingchinor Mahalla fuqarolar yig‘ini Kosonsoy ko‘chasida joylashgan AGTKSh hududida avtomobil yonib ketdi.
FVB xabariga ko‘ra, Namangan shahar Dashtbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan davlat raqami «Labo Damas» rusumli avtomobilida yong‘in chiqqan.
Sodir bo‘lgan yong‘in Namangan shahar FVB 3-yong‘in qutqaruv qismi qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan
Hozirda yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter