Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in sodir bo‘lgan uyda xonadon egasi qizining jasadi topildi

Yong‘in sodir bo‘lgan uyda xonadon egasi qizining jasadi topildi

Namangan shahrida 31 dekabr kuni xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 07:21 da shahar FVBga «Baynalminal» mahallasi hududidagi xonadonlarni birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan soat 07:25 da yong‘in qutqaruv ekipaji joyiga yetib borgan. Holat soat 07:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida uyniing shift va tom qismidan 25 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘in vaqtida xonadon egasining 1-guruh nogironi bo‘lgan qizining (1997 yilda tug‘ilgan) kuygan holdagi jasadi topilgan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namangan shahar, «Ziyokor» Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarni birida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring