Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda «Cobalt» haydovchisi charchoq qurboni bo‘ldi

Navoiyda «Cobalt» haydovchisi charchoq qurboni bo‘ldi

foto: Xabar.uz

Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududida inson hayoti bilan yakunlangan navbatdagi ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «Cobalt» rusumli transport vositasi haydovchisi uzoq yo‘lda boshqaruv vaqtida charchoq oqibatida uxlab qolgan va avtohalokat yuz bergan.

Og‘ir tan jarohatlari olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Haydovchi tibbiyot muassasasida vafot etgan.

Mazkur fojiali hodisa Qoraqata yo‘l-patrul xizmati maskanidan, qariyb, 70 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

«Holat yuzasidan haydovchining ish joyida muhokama o‘tkazilib, halokatga sabab bo‘lgan omillar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mas’ullarga yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish, haydovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi», — dedi axborot xizmati rahbari.

Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Navoiy viloyati hududida haydovchilarning boshqaruv vaqtida uxlab qolishi bilan bog‘liq 10 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Ushbu hodisalar oqibatida 3 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, yana 12 nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonalarga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring