Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Spark» yonib ketdi

Navoiyda «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Spark» yonib ketdi

Skrinshot.

20-yanvar kuni Navoiy shahrida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan F.M. «Spark» rusumli avtomobilda harakatlanayotgan bo‘lgan.

U o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda bo‘lgan haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan K.I. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan va zarb oqibatida «Spark» avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

YTH va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring