Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochiq-sochiq videosi uchun blogger ayolni eri otib tashladi

Ochiq-sochiq videosi uchun blogger ayolni eri otib tashladi

Foto: «Fotolia / kantver»

Braziliyada bir erkak video tufayli kelib chiqqan janjal paytida rafiqasi — TikTok bloggeri Elian Ferreyru Siolinni otib tashladi, deb xabar bermoqda «Daily Mail».

OAV xabarlariga ko‘ra, fojia 24-yanvar kuni oilaviy barbekyu paytida yuz bergan. Mojaroga Siolin ijtimoiy tarmoqlarga joylagan roliklardan biri sabab bo‘lgan.

Videoning haddan tashqari ochiq-sochiqligidan jahli chiqqan er 6 yoshli qizining ko‘z o‘ngida xotiniga qarata 14 marta o‘q uzgan va shundan keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Politsiya jasadlarni shahar tashqarisidagi uyning orqa hovlisidan topdi. Siolinda ko‘plab o‘q jarohatlaridan tashqari o‘ng yelkasi ham singanligini aniqlashdi. Marhumning do‘stlari politsiyachilarga er-xotin odamlarning oldida ham tez-tez janjallashishini ma’lum qilishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring