Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda «Kaptiva» YTHga uchradi. 5 kishi jarohatlangan

Ohangaronda «Kaptiva» YTHga uchradi. 5 kishi jarohatlangan

Ijtimoiy tarmoqda «Perevalda hozirgina YTH sodir bo‘ldi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 27 iyul kuni soat 14:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 215-kilometrida «Kaptiva» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib transport vositasi ag‘darilgan.

Natijada, mazkur avtomobil haydovchisi va 4 nafar yo‘lovchisi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.     

YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring