Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘lib-o‘lmagan ishchi uyiga qaytdi

O‘lib-o‘lmagan ishchi uyiga qaytdi

Illyustrativ foto

Hindistonlik 55 yoshli kishi dafn etilganining ertasi kuni uyiga qaytdi... Hodisa yuzasidan politsiya ish ochdi.

«Izvestiya» yozishicha, Trippurga shakarqamish yig‘im-terimiga ketgan yollanma ishchi, oradan kunlar o‘tsa ham uyiga qaytmagan, yaqinlari u bilan aloqaga chiqisha olmagan.

Bir necha kun o‘tib oilasiga avtobus bekatida uning o‘ligi topilgani haqida xabar keldi. Aytilgan joyga yetib borgan o‘g‘il jasadning shaxsini tasdiqlaydi — otasi.

Oila mayitni yerga topshirganining ertasi kuni «marhum» hech nima bo‘lmagandek uyiga o‘z oyog‘i bilan kirib keldi... O‘lmagan ekan, ko‘milgan — boshqa odam.

Politsiya hodisa yuzasidan yangi ish ochdi, endi ko‘milgan odamning shaxsini aniqlash kerak. Yaxshiyam Hindistonning bu hududlarida o‘liklar o‘tda kuydirilmaydi...

Hindistonda bunday voqealar uchrab turadi.  Masalan, 2020-yili Parganas tumanida «marhum» oradan bir necha kun o‘tib qadrdon oilasi bag‘riga qaytgandi. Oilasi uniki deb o‘ylab begona jasadni o‘tda kuydirgan edi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring