Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliq shahrida mast erkaklar va qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Olmaliq shahrida mast erkaklar va qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Foto: Toshkent viloyati IIBB.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Olmaliq shahrida erkaklar va qizlar o‘rtasida janjal» nomli video tarqaldi.

Toshkent viloyati IIB matbuot kotibi Obur To‘laganovga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 11- fevral kuni soat 21:30 da Olmaliq shahar, Birdamlik MFYda joylashgan «Marhamat» restoranida sodir bo‘lgan.

Xabarga asosan shu vaqtda voqea joyiga Olmaliq IIB tezkor-tergov guruhi yetib borgan.

O‘rganishlar davomida, janjal ishtirokchilari 6 nafar (2 nafar erkak, 4 nafar ayol)lar aniqlanib IIBga olib borilgan.

Tibbiy ko‘rik xulosasida ularning mast holda bo‘lganliklari aniqlangan.

Hozirda hodisa ishtirokchilariga sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tishlari uchun yo‘llanma berilib, Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea guvohlari va restoran mas’ullari ishga jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring