Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Foto: TDTUOF

«Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi hamda 2025/2026-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi.

Institutning yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etiladi.

Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabi («GeoMetTex») tashkil etiladi.

Ushbu maktabda ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.

«GeoMetTex» ilg‘or muhandislik maktabi yo‘nalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring