Olmaliqda 50 yoshli shaxs YTH qurboni bo‘ldi
Olmaliq shahrida piyoda mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi.
Joriy yilning 8 oktyabr kuni soat taxminan 00:05 larda, Toshkent viloyati Olmaliq shahar, A.Temur ko‘chasida haydovchi, 2005 yilda tug‘ilgan O.Sh «Neksiya-3» rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda —1974 yilda tug‘ilgan U.Ani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jaroxatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter