Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti viloyatda yashovchi aholi ogohlantirildi

Olti viloyatda yashovchi aholi ogohlantirildi

Foto: Xabar.uz

2-5-fevral kunlari A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovoni xududida va M-39 «Toshkent-Shahrisabz-Termiz» avtoyo‘lining «Taxtaqoracha» (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 2-6-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumanida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring