Qonunchilikka «ma’muriy ogohlantirish» tushunchasi kiritiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq ma’muriy jazolar tizimiga yangi – «ma’muriy ogohlantirish» ta’sir chorasini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Bu haqda Prezident mabuot xizmati ma’lum qildi.
Loyihaga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ayrim yengil turdagi huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga YPX inspektori tomonidan ogohlantirish beriladi. Ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marotaba berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter