Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilarga toifa olib berishni va’da qilgan uslubchi qo‘lga tushdi

O‘qituvchilarga toifa olib berishni va’da qilgan uslubchi qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bo‘lim uslubchisi B.I. umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari O.T. va Sh.Q.ni malaka toifasi olish uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya test sinovlaridan tanishlari yordamida o‘tkazib berish evaziga 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring