Oqqo‘rg‘onda bog‘cha bolalari zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada tarbiyalanuvchilar zaharlangani xabar berilgan va prokuratura tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazayotgani ma’lum qilingandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, olti nafar bola og‘ir va yana bir kishi o‘ta og‘ir ahvolda ekani bo‘yicha bayonot berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter