Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onasi to‘yga ketib, qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli qizaloq halok bo‘ldi

Ota-onasi to‘yga ketib, qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli qizaloq halok bo‘ldi

Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida «Jiguli» avtomashinasi 3 yoshli qizchani urib yuborgan. Ushbu hodisa natijasida qizaloq olamdan o‘tdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 4R38 avtomobil yo‘lining 41-kilometrida, Jizzax-G‘allaorol yo‘nalishida, 1995 yilda tug‘ilgan, Jizzax shahar Bog‘ishamol mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan avtomobil yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 2018 yilda tug‘ilgan qizaloqni urib yuborgan.

Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganida 3 yoshli qizning ota-onasi qo‘shnisinikida to‘yda bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring