Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tkir hidli o‘simlik, saqichsimon modda, pnevmatik qurol...

O‘tkir hidli o‘simlik, saqichsimon modda, pnevmatik qurol...

YPX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida navbatdagi faktlar aniqlandi.

2022-yil 27-iyul kuni soat 11:45 larda, Yangihayot tumanida joylashgan «A.Turbanov» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M.Yuldashev va X.Toshmatovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Ye.K. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan 2 dona sellofanda, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi Ye.K. va topilgan moddalar Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

2022-yil 28-iyul kuni soat 01:15 larda, Bektemir tumanida joylashgan «Bektemir» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Qosimov va B.Rustamovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi, 1984 yilda tug‘ilgan R.Z.ning yonidan sellofanga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.Z. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

2022-yil 27-iyul kuni soat 16:50 larda Yashnobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi O.Meliboyev tomonidan, Uysozlar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.X.ning yonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.X. va topilgan qurol Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring