Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy xizmatga chaqirilayotganlar giyohvand moddalar bo‘yicha tekshiriladi

Harbiy xizmatga chaqirilayotganlar giyohvand moddalar bo‘yicha tekshiriladi

Foto: Norma.uz

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi belgilandi. 

Adliya vazirligi Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3939, 2026-yil 14-sentabr).

Tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida o‘tkaziladi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar  esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Tibbiy tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.

Tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid ma’lumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi ta’minlanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring