Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z joniga qasd qilgan PPX xodimiga bosim o‘tkazilgani rad etildi

O‘z joniga qasd qilgan PPX xodimiga bosim o‘tkazilgani rad etildi

FOTO: IIV

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari hodisa sodir bo‘lgan kuni nimalar bo‘lganini ma’lum qildi.

27-iyun kuni Angren shahar IIB PPX va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi safdor Bekzod Bobomirzayev o‘ziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan joniga suiqasd qilgandi.

Hodisadan keyin marhumning akasi ukasiga Akmal ismli shaxs bosim o‘tkazib, undan bir haftadan beri pul so‘rab kelganini aytgandi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov Bu kun ko‘rsatuviga bergan intervyusida marhumga nisbatan hech qanday bosim bo‘lmaganini aytdi.

Aniqlanishicha, 27-iyunda O‘z xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Angren shahar IIBning xodimlari xizmat faoliyatida intizomga, qonunchilikka bo‘ysunishi ustidan tanqidiy nazorat yig‘ilishi o‘tkazgan.

«Safdor Bekzod Bobomirzayev suhbatda bir o‘zi bo‘lmagan. U rahbarlari bilan birga suhbatdan o‘tgan. Unga kamchiliklari, qo‘pol qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Jarayonda marhum o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tan olgan. Lekin unga hech qanday bosim o‘tkazilmagan», — deydi Bobur To‘laganov.

Bobur To‘laganovning ta’kidlashicha, xizmat xonalari video va audio kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan va barcha suhbatlar qayd qilib boriladi.

Suhbatdan ikki soat o‘tgach, safdor o‘z joniga qasd qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring