Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek yigiti Rossiyada yolg‘iz holda supermarketdagi o‘g‘rilarga bas keldi

O‘zbek yigiti Rossiyada yolg‘iz holda supermarketdagi o‘g‘rilarga bas keldi

Rossiyaning Irkutsk shahrida e’tiborga molik voqea sodir bo‘ldi:24 soat faoliyat ko‘rsatadigan supermarketda ishlaydigan o‘zbekistonlik yigit o‘g‘rilardan do‘kon kassasidagi pullarni saqlab qolgan. Bu haqda Kp.ru saytiga asoslanib, Azon.uz xabar berdi. 

Voqea sahnalari kuzatuv kamerasiga muhrlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik yigit Salohiddin Mamatqulov supermarketda yordamchi ishchi bo‘lib ishlaydi. Tungi navbatchilikda ombordan mahsulotlarni olib, peshtaxtalarga joylagan. Tonggi soat 4:00 larda hisobchi  qiz 5 daqiqa uning o‘rniga kassaga qarab turishini so‘ragan. Keyin supermarketga yuziga niqob kiygan va qo‘lida pichoq tutgan ikki kishi kirib, unga hujum qilgan.

Mamatqulov jurnalistlarga bergan intervsida aytishicha, u avvaliga biroz cho‘chigan, ammo o‘g‘rilarning yosh va tajriba jihatdan no‘noqligini sezib qolgan. 

O‘g‘rilar kassani o‘marishga tushganda Salohiddin sotuvga qo‘yilgan qahva paketlari va saqich pachkalarini o‘g‘rilarga otib, ularni haydagan. Qarshilikka uchragan talonchilar juftakni rostlashga majbur bo‘lgan. 

Supermarket egasi yigitni bu qahramonligi uchun 10 ming rubl (128 dollar) bilan mukofotlab, qo‘shimcha dam olish kunlari bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullayev Rossiyaning Magnitogorsk shahrida vayron bo‘lgan imoratlar ostidan sakkiz kishini qutqarib qolgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring