Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab «dollarchi»larga qarshi «ov» bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab «dollarchi»larga qarshi «ov» bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.R. 4 100 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 46,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘uzor hamda Asaka tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.E. 4 000 AQSh dollarini 46,5 mln so‘mga sotgan vaqtida, fuqaro A.I. 3 400 AQSh dollarini 39,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.I. va boshqalar fuqaro A.X.ga jami 3 800 AQSh dollarini 44,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring