Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab «dollarchilar»ga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab «dollarchilar»ga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Olmaliq shahar bo‘limlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.X. 2 900 AQSh dollarini fuqaro S.ga 32,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Shahrixon tumanida fuqarolar B.X. va F.A.lar boshqa bir fuqaro M.ga 2 800 AQSh dollarini 30,0 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 2 800 AQSh dollari, 100 rossiya rubli va 650 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Kitob tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.N. va S.B.lar boshqa bir fuqaro A.ga 3 400 AQSh dollarini 37,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 6 200 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring