Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga olib kelinayotgan to‘rt ayiq bolasi Rossiyada ushlab qolindi

O‘zbekistonga olib kelinayotgan to‘rt ayiq bolasi Rossiyada ushlab qolindi

Foto: «Rossaprimavera»

Orenburg yaqinidagi Sagarchin qishlog‘ida O‘zbekistonga yengil mashinada qafasda olib kelinayotgan to‘rt qo‘ng‘ir ayiq bolasi rossiyalik bojxonachilar tomonidan ushlab qolindi.

Hujjatlarda ayiqchalarning laqablari Zita, Gita, Chuk va Gek, deya ko‘rsatilgan.

Haydovchi ayiq bolalarini Sizrandagi hayvonot bog‘idan O‘zbekistondagi sirkka olib ketayotganini aytgan. Hujjatlarda ayiqchalar sizranlik tadbirkorning O‘zbekiston fuqarosiga sovg‘asi, deb ko‘rsatilgan.

Haydovchi «Rosprirodnadzor»ning ayiqlarni Rossiyadan olib chiqish haqidagi ruxsatnomasini taqdim etmagani uchun bojxonachilar yukni o‘tkazishmagan, shundan so‘ng «Kontrabanda» moddasi bo‘yicha ish ochilgan, deyiladi xabarda.

So‘nggi kunlarda ayiqlar trendda: avvaliga Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida noyob turdagi ayiq va bolalari aniqlangandi, picha o‘tmay o‘ldirilgan ayiq bolasi haqidagi xabarlar hammayoqqa tarqaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring