«O‘zgidromet» ikki hodisa yuzasidan shoshilinch axborot berdi
«O‘zgidromet» yana bir shoshilinch axborot bilan chiqdi.
20 may holatiga ko‘ra 21mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 23-28 m/s ga yetishi mumkin.
Ayrim joylarda shamol chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Yurtimiz aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishni, hamda mashinalarni daraxtlar va reklama taxtalari ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.
Joriy yilning 17 may kuni «O‘zgidromet» 18-23 may kunlari shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi hamda tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi haqida ogohlantirish bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter