«Plastigingizni naqdlashtira olmayapsizmi? O‘zim yordam beraman...»
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi bankomat oldiga plastik kartasidagi pulini naqdlashtirish uchun kelgan 31 yoshli Q.M.ga shunday taklif bo‘ldi. Keyin bilsa, bu tuzoq ekan...
Hodisa 2022-yil 25-fevral kuni sodir bo‘ldi. Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 37 yoshli M.Z. o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Q.M.ga yordam berishini aytib, uning plastik kartasini bankomatga tiqadi va plastik kartani «SMS» xabarnomasini o‘zining telefon raqamiga ulab olib, unga plastik kartangiz kodlanib qolibdi deb, qaytarib beradi.
So‘ng plastik kartadagi 6 mln. 900 ming so‘m pullarini «Paymye» ilovasi orqasi o‘zining plastik kartasiga o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Bundan tashqari, M.Z. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, joriy yilning fevral oyidan mart oyiga qadar yana 6 nafar fuqaroga plastik kartochkalaridagi pullarini bankomat orqali naqdlashtirishda yordam berishini aytib, ularning kartalarini ham o‘zining telefon raqamiga ulab olib, pullarni «Paymye» ilovasi orqali yashirin ravishda o‘tkazib olib, egallagan pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan M.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter