Poytaxt ko‘chalarini yana suv bosdi, Toshkent viloyatida esa do‘l yog‘di (foto+video)

Kuchli yomg‘ir sabab Toshkent shahri ko‘chalarini yana suv bosdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holatlarni aks ettirgan foto va videolarni joylashmoqda.

Yuqoridagi videolavhada Yunusobod tumanidagi «Megaplanet» supermarketi atrofidagi holat aks etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, ushbu ko‘chada yig‘ilgan suv sathi avtomobil yoritgichlari darajasigacha ko‘tarilgan va ayrim avtomobillar yo‘lning o‘rtasida o‘chib qolgan.
Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan bir paytda, Toshkent viloyatiga do‘l tushdi.
«O‘zgidromet» respublikamiz bo‘ylab yomg‘irli ob-havo ertadan nihoyalashini va shu bilan oy oxiriga qadar boshqa yog‘ingarchilik kuzatilmasligini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter