Qashqadaryoda ekinlarni sug‘orish uchun 550 mlrd so‘m ajratiladi
Kosmik ma’lumotlar asosida aniqlangan 30 ming gektar yerni o‘zlashtirish uchun suv ta’minotini yaxshilash va tejamkor texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab suvdan foydalanish cheklanishi mumkin
Mamlakatda yer osti suvlari bosimi pasaymoqda va suv omborlari sathi esa hozirda o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20-50% past.
Nurafshonda suv ta’minoti bo‘yicha salkam 14 mlrd so‘m talon-toroj qilib yuborildi
Oqova suv tozalash inshootida amalda bajarilgan 73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini 87,2 mlrd so‘mga bajarilganligi haqida soxta ma’lumotlar tuzilgan.
Ustyurtda sayg‘oqlar uchun beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi
Avtonom tizimlar quyosh energiyasida ishlaydi. Ularning har biri 3 kub metr sig‘imga ega suv havzalari, nasoslar, datchiklar va hisoblagichlar bilan jihozlangan.
Endi energetika loyihalari aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi
Avval talab aniqlanadi, keyin zarur generatsiya va infratuzilma quvvatlari rejalashtiriladi. Yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va texnik yechimlari oldindan tayyor bo‘lgan loyiha shakllantirilib, investor ochiq va raqobatli tanlov asosida aniqlanadi.
Har yili 2 milliard 100 million kub metr suv isrof bo‘lmoqda
To‘rtko‘ldagi «Yonbosh» kanalidan yiliga o‘tadigan 115 million kub metr suvning 44 millioni yo‘qotilmoqda.
Xitoydagi eng katta cho‘l ostida ulkan suv manbalari topildi
Ko‘chib yuruvchi qum barxanlari va o‘ta og‘ir iqlimi tufayli cho‘l «o‘lim dengizi» nomini olgan.
O‘zbekiston BMTning ilmiy muassasalari bilan suv sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev BMT Universitetining Suv resurslari, atrof-muhit va salomatlik instituti (UNU-INWEH) direktori, professor Kave Madani bilan uchrashdi. Tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, akademik almashinuv va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonning suv sohasidagi tajribasini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston suv taqchilligiga yangi yechim izlamoqda
O‘zbekiston sun’iy yomg‘ir yog‘dirmoqchimi?
«Andijon suv ta’minoti» filial boshlig‘i katta pora bilan ushlandi
U iste’molchi xonadoniga kanalizatsiya tarmog‘i o‘rnatish uchun texnik shart qildirib berishini aytib, 8,5 ming dollar olgan.

