Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamashi hokimining mashinasi jarima maydoniga tortildi

Qamashi hokimining mashinasi jarima maydoniga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda DAV belgili mashinalarga qanday imtiyoz berilgani haqida tarqalgan videotasvirlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirgan.

Olib borilgan surishtiruv natijasida «Lasetti» mashinasi haydovchisi tegishli ruxsatnomasiz avtomashina old qismiga ko‘k-qizil yonuvchi mayoqchalar o‘rnatganlik hamda avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilgani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, mazkur mashina Qamashi tumani hokimining xizmat mashinalaridan biri bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan MJtKning 291-moddasi bilan vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring