Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» yo‘lida neft to‘kildi (foto)

«Qamchiq» yo‘lida neft to‘kildi (foto)

Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi.

Qayd etilishicha, A-373 «M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismida «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida neft mahsuloti tashuvchi maxsus yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa o‘rilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Yo‘lni neft mahsulotidan tozalash amalga oshirilgach, transport vositalarining ikki tomonlama xavfsiz harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring