Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoidani mensimagan «Tracker» jarima maydoniga tushdi

Qoidani mensimagan «Tracker» jarima maydoniga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tracker» avtomobili haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Andijon viloyatida kuzatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu avtomobil 1985-yilda tug‘ilgan A.A.ga tegishli ekanligi, videoda aks etgan qoidabuzarlikni esa uning haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan jiyani, 2004-yilda tug‘ilgan A.O. tomonidan 2023-yil 24-dekabr kuni sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi va 135-moddasi ikkinchi qismi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring