Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari mashinasi noqonuniy tonirovka qilingani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari mashinasi noqonuniy tonirovka qilingani ma’lum bo‘ldi

Foto: YHXBB matbuot xizmati.

Tarmoqda Qashqadaryo viloyati hokimligiga tegishli «Trailblazer» avtomobili qo‘pol ravishda qoida buzgani tasvirlari e’lon qilindi. 

Viloyat hokimi o‘rinbosariga tegishli ekani aytilgan avtomobil yo‘l yotiq chizig‘ini bosgan holda, svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida va ortga qayrilib olish qoidalarini chetlab o‘tgan holda harakatlangan.

YHXBB bergan bayonotga ko‘ra, avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Natijada haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan E.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126- , 128-, 128 prim 4-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring