Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 27 yoshli fuqaroning jasadi topildi

Qashqadaryoda 27 yoshli fuqaroning jasadi topildi

Foto: FVV

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 13-may kuni uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro Z.I. joriy yilning 2-may kuni chorva mollarini boqish maqsadida tog‘li hududlarga jo‘nab ketgan va dom-daraksiz yo‘qolgan. Uni yaqinlari ancha qidirgan, biroq topa olmagan.

Murojaatga ko‘ra, viloyat FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy otryadining 1 ta bo‘linmasi yuqorida nomi ma’lum qilingan manzillarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.

Qidiruv ishlari davomida fuqaro Z.I. ning jasadi Dehqonobodning Oybek qishlog‘i Darvozakom tepaligining taxminan 10 metr chuqurlikdagi jarlikdan topilgan va yaqin qarindoshlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring