Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otasi va farzandini pichoqlagan shaxs qamoqqa olindi

Otasi va farzandini pichoqlagan shaxs qamoqqa olindi

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB

2022 yil 13 iyun kuni ertalab 6:00 larda Ko‘kdala tumani, «Baxt» MFYda yashovchi P.J. spirtli ichimlik ta’sirida, mast holatda o‘zining yashash uyida janjal ko‘targan.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra,  janjal davomida P.J. otasi S.M. va farzandiga pichoq bilan tashlanib, ularga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng P.J. otasini amakisining uyiga qadar quvib borib, u bilan yana janjallashmoqchi bo‘lganida amakisining farzandlari uni to‘xtatib qolgan.

Dastlabki surishtiruvda, 32 yoshli erkakning muntazam spirtli ichimlik iste’mol qilishga mukkasidan ketgani va mast bo‘lganida uydagilari bilan doimiy tarzda janjallashib kelgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Ko‘kdala tumani prokuraturasi tomonidan P.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 hamda 97-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring