Qashqadaryoda hojatxona uchun chuqur qazayotgan aka-ukalarni tuproq bosib qoldi, ulardan biri vafot etdi
17-fevral kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 3 nafar aka-ukalar hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borib, 1987-y.t. fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi. Afsuski, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro 1984-y.t., A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter