Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda hovlida turgan «Cobalt» portlab ketdi

Qashqadaryoda hovlida turgan «Cobalt» portlab ketdi

2021-yil 4 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Qorabog‘ qishlog‘ida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.L.ning yashash uyi hovlisida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Muborak tuman FVB hamda IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring