Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan hodisa joyiga Toshkentdan mutasaddilar jo‘nab ketishdi

Qashqadaryoda sodir bo‘lgan hodisa joyiga Toshkentdan mutasaddilar jo‘nab ketishdi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 21-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering kompaniyasi ishchilari aks etgan videolar tarqaldi.

Videoda kompaniyaning Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi ob’yektlaridan birida ishchi-xodimlar tomonidan norozilik uyushtirilib kompaniya mulkiga zarar yetkazilgani aks etgan.

Energetika vazirligining xabar qilishicha, hodisa 21-oktyabr kuni ertalab soat 7:30da ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxonadagi monoblok tizimidagi (elektron kirish tizimi) texnik nosozlik sodir bo‘lgan, oqibatda ular kundalik ovqatlanishga kira olmagan. Bu esa katta norozilik keltirib chiqargan.

Boshqa manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 3 oydan beri oylik maoshi bermayotgani sababli ishchilar norozilik namoyishi uyushtirishgan. 

Ishchilarning noroziligi bosh pudratchilar (Enter Engineering, Hyundai Engineering), shu jumladan, buyurtmachi (Uzbekistan GTL) ofis binolarining deraza oynalari, ofis jihozlarini sindirish, shuningdek, boshqa vaqtinchalik bino va inshootlar (oshxona, omborlar, nazorat punktlari va boshqalar) buzilishiga olib kelgan.

Ertalab soat 9:00 dan boshlab qurilish maydonida vaziyat barqarorlashdi va ommaviy ish tashlash to‘xtatilgan. Hozirda «Uzbekistan GTL» mutaxassislari tomonidan qurilish maydonchasidagi buzilishlar va keltirilgan zararlar miqdori tekshirilib, tizimdagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ayni paytda texnik xodimlar ishchi guruhi monoblok tizimidagi nosozlikni tuzatmoqda.

Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ, «Enter Engineering Pte. Ltd» rahbariyati tafsilotlarini bilish va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun voqea joyiga uchib ketishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring