Qashqadaryoning ayrim hududlarida qor yog‘moqda

Qashqadaryo viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Saytimizga yuborilgan videotasvirlarda qor allaqachon yerning anchagina qismini qoplab olgani ko‘rinadi.
Gidrometeorologiya xizmati bugun faqat Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qor yog‘ayotgan hududlarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter