Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda 350 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Qibrayda 350 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro F.S. va O.K.lar o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi 3 gektar yer maydonini fuqaro G.ga issiqxona tashkil etish uchun tanishlari orqali 350 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring