Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazodan qochgan shaxs xorijda qo‘lga olindi

Jazodan qochgan shaxs xorijda qo‘lga olindi

30-sentyabr kuni navbatdagi «Qidiruv» tadbirlari o‘tkazildi.

Jinoyat kodeksining 128-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan, Romitan tumanida ro‘yxatda turuvchi, 1995-yilda tug‘ilgan S.L dastlabki tergov va sud idoralaridan yashirinib yurgan bo‘lgan.  Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi tomonidan 2020-yilning 11-fevral kunidan boshlab unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv e’lon qilingan. 

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan jinoyatchi Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi va unga nisbatan qidiruv bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring