Qizaloqni zo‘rlaganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlardagi Ellikqal’ada 13 yashar qizning nomusiga tegilganligi haqidagi videomurojaat tarqaldi. Unda 2010 yilda tug‘ilgan qizaloqni 44 yoshli erkak 2 yil davomida zo‘rlab kelgani aytiladi.
Holatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi munosabat bildirdi.
Ellikqal’a tumani «Amirobod» OFYda yashovchi fuqaro M.Z. 30.08.2023 yilda tuman IIBga murojaat qilib, 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni Ellikkal’a tumani «Amirobod» OFYda yashovchi qo‘shnisi Z.Sh. qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish orqali nomusiga tekkanligi sababli, Z.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat Respublika prokurori tomonidan joyida o‘rganilib, sud tibbiyot ekspertizasining 05.09.2023 yildagi xulosasi, tergovga qadar tekshiruvda to‘plangan ish hujjatlari inobatga olinib, gumon qilinuvchi Z.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.
Tergovning har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan nazoratga olindi, deyiladi prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter