Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizchaning hayotini saqlab qolgan ikki so‘z

Qizchaning hayotini saqlab qolgan ikki so‘z

Foto: «Dreamstime»

Erkak kishi 11 yoshli qizchaning qo‘lidan yetaklab olgandi. Bir o‘tkinchining yonidan o‘tishayotganida qizcha nimanidir shivirladi.

«Yordam bering!» degan so‘zlarni eshitib Nazir ortiga burildi...

Keyinchalik «Dailymail.co.uk» yozishicha, erkak va qiz bir qarashda ota-bolaga o‘xshab ketardi. Faqat bir qarashda... Buni birinchi bo‘lib Nazir Elaxi fahmlab yetdi: negadir erkak qizchani sal tortqilab yetaklayotgandi.

... Nazir fursatni boy bermadi. U yugurib borib qizchaning qo‘lini erkakning qo‘lidan ajratib olib, so‘radi:

— Bu odamni taniysanmi?

— Yo‘q.

— Siz-chi, bu qizni taniysizmi?

— Yo‘q, ammo men uni uyiga olib ketyapman.

Nazirning qat’iyatidan  dovdirab qolgan begona erkak qochishga urindi. Bundan battar shubhasi oshgan Nazir uni ta’qib qildi va ushlab olib politsiyaga topshirdi. Politsiyachilar bu jinoyatchi Jessi Vudard ekanini aniqladi va uni bolalarni o‘g‘irlashda ayblab, hibsga oldi.

Bir erkakning hushyorligi va mardligi natijasida bir norasidaning umri saqlab qolindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring