Qizil kitobga kiritilgan tog‘ qo‘yini ovlagan shaxs 412 mln so‘m to‘laydi
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan navbatdagi tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida fuqaro T.I. o‘ziga tegishli ov quroli bilan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yini noqonuniy ravishda ovlagani aniqlandi.
Mazkur holat bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ov xo‘jaliklari to‘g‘risida” hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari talablari qo‘pol ravishda buzilgan.
Huquqbuzarlik oqibatida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi 649-sonli qarori ilovasiga muvofiq, hayvonot dunyosiga 412 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisob-kitob qilingan.
Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter