Qoraqalpog‘istonda talabalar pichoqlandi. Ulardan biri (qiz) vafot etdi

2021-yilning 2-aprel kuni Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari — S.S. (2001-yil, qiz) va voqea joyida bo‘lgan T.A. (2002-yil, yigit) pichoqlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabariga ko‘ra, hodisa Nukus shahridagi 36-maktab yaqinida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, talabalar boshqa bir talaba — S.S.ning sobiq yigiti U.T. (2000-yilda tug‘ilgan) tomonidan pichoqlangan. U.T. bir necha marotaba pichoq bilan og‘ir zarba bergan, natijada fuqarolar S.S. va T.A. og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, S.S. 3-aprel kuni kasalxonada vafot etgan.
2021-yil 2-aprel kuni Nukus shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi, «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 3-apreldagi qarori bilan «qamoq olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter