Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shrabotda 4 kishi gaz portlashi sabab vafot etdi: mansabdorlarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Qo‘shrabotda 4 kishi gaz portlashi sabab vafot etdi: mansabdorlarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Video: Kun.uz

Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portlab, bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi. Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa yuzasidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-(Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 259-(Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hodisa bugun erta tongda Qo‘shrabot tumanining Mustaqillik mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning xonadonlaridan birida sodir bo‘lgan. Oqibatda er-xotin va ularning o‘g‘li va qizi vafot etgan.

Portlashga gaz sabab bo‘lgani aytilmoqda. Portlashdan so‘ng xonadonda yong‘in ham kelib chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring