Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shrabotdagi mudhish YTHda uch kishi qurbon bo‘ldi

Qo‘shrabotdagi mudhish YTHda uch kishi qurbon bo‘ldi

Videodan kadr.

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi halok bo‘ldi.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa 2023-yil 4 yanvar kuni soat 20:00 larda Marjonbuloq-Qo‘shrabot avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 

Nexia-3 haydovchisi mashinani katta tezlikda boshqarib, yo‘lning qiya burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Spark bilan to‘qnashgan. Oqibatda Spark haydovchisi va yo‘lovchisi hamda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring