Rossiya samolyoti Toshkentda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Rossiyaning «Aeroflot» kompaniyasiga tegishli samolyot bugun tongda O‘zbekiston poytaxtiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
RIA «Novosti» ma’lumotiga ko‘ra, bunga yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashuvi sabab bo‘lgan.
Samolyot Dehlidan Moskvaga uchayotgan bo‘lgan. Bemor yo‘lovchiga qarash uchun shifokorlar guruhi jalb etilgan.
Moskvaga parvoz davom etishi ham ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter