Rossiyaga 14 mln dollarlik giyohvandlik vositasi olib ketayotganlar ushlandi

Tojikistondan O‘zbekiston orqali Rossiyaga chiqib ketmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi Toshkent viloyati Oybek chegara postidagi ko‘rik vaqtida bojxona xodimlarida jiddiy shubha uyg‘otdi.
Tekshiruv jarayonida yuk avtomashinasining tirkamasiga giyohvandlik vositalari yashirilgani ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalari 232 dona o‘ramda bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 229 kg. 719 grammni tashkil etgan.
To‘xtatib qolingan salkam 230 kg. narkotik vositalarning Yevropa «qora bozorlari»dagi narxi hozirda o‘rtacha 12-14 mln. AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter