To‘yda «shou» ko‘rsatganlar qamaldi
Yangiyo‘lda yaqinining to‘y marosimiga borgan ikki nafar yosh yigit o‘z avtomashinasida rul boshqaruvini qo‘yvorib, tana qismlarini avtomashinadan chiqargani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat Toshkent viloyati IIBB JXD YHXB xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, qoidabuzarlikni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi 22 yoshli yigitlar sodir etganligi aniqlanib, ularga qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlandi.
Holat yuzasidan Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan sud majlisida qoidabuzar haydovchilarning har ikkisi ham 10 sutkaga qamaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter