Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 16 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Samarqandda 16 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Samarqand shahar, Qir mahallasining Bog‘imaydon ko‘chasida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan To‘raqulova Nixola Baxtiyorovna 2021-yil 17 oktyabr kuni soat taxminan 19:30larda hech kimga aytmasdan noma’lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi. 

Alohida belgilari: bo‘yi taxminan 155-160 sm, ko‘zlari qisiq, qora rangda, o‘rtacha gavdali, ozg‘indan kelgan, yuzi uzunchoq, sochi qora rangda yelkasiga yetmaydi, quloq suprasi o‘rtacha kattalikda, tashqi ko‘rinishida nuqsonlari yo‘q.

Egnidagi kiyimlari: egnida oq-qora rangli kostyumi, oq rangli jemfir, qora rangli jinsi shimi, oyog‘ida oq rangli krosovka.

To‘raqulova Nixola Baxtiyorovnani ko‘rganlar yoki u haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar +998972877278, +998662311111, 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring