Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 4 kishi kanalga cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Samarqandda 4 kishi kanalga cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Foto: O‘zA

Paxtachi tumanida 4 kishi suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi. 

Joriy yilning 31-may kuni soat 20:25 da Samarqand viloyati FVBga «112» tizimi orqali yuk tashish uchun mo‘ljallangan elektromoped haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida unda bo‘lgan 8 nafar fuqaro bilan Paxtachi tumani «Ukrach» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Narpay» kanaliga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan vaqtda kanalga tushib ketgan 8 nafar fuqarodan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolinganligi ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng zudlik bilan suvda keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Qutqaruvchilar va aholi yordamida olib borilgan suvda qidiruv ishlari davomida qolgan 4 nafar fuqaro halok bo‘lganligi aniqlanib, kanaldan olib chiqilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, Paxtachi tumani «Ukrach» MFYda yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z boshqaruvidagi elektromopedga jami 8 nafar shaxsni – turmush o‘rtog‘i hamda o‘zi va qo‘shni xonadondan 6 nafar voyaga yetmagan bolalarni mindirib, sayr qilayotgan bo‘lgan.

Hozirda voqea joyida Paxtachi tumani prokuraturasi, IIB, FVB tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring