Samarqandda bir guruh shaxslar yo‘lni to‘sib qo‘ygani yuzasidan ma’lumot berildi

Paxtachi tumanida bir guruh fuqarolar elektr energiyasi yo‘qligidan norozi bo‘lib, yo‘l bo‘yiga chiqqanligi yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
5 aprel kuni Paxtachi tumani Saroy mahallasida yashovchi 15-20 nafar fuqaro shu mahallada o‘rnatilgan transformator buzilganligi sababli, elektr energiyasi yo‘qligidan norozi bo‘lib, M-37 yo‘lining mahalla hududidan o‘tuvchi qatnov qismini yopishga harakat qilishgan.
Hodisa joyiga IIB xodimlari borib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, uylariga tarqatib yuborilgan.
Hozirda ushbu mahallaga yangi transformator olib kelib o‘rnatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter